Orchestra & Choir
News

11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan Open Air gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

September 11, 20261 views
11-sentabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan Open Air gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

Ochiq osmon ostida o‘tkaziladigan gala-konsert O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlash doirasida tashkil etilib, unda mamlakatimiz musiqa san’atining boy an’analari, zamonaviy ijrochilik maktabi va jahon musiqa merosining nodir namunalari bir sahnada namoyon etiladi.

Gala-konsert dasturida yosh va iqtidorli ijrochilar, taniqli opera xonandalar, shuningdek, 120 nafardan ortiq xonandani birlashtirgan xor jamoasi hamda 100 nafardan ziyod sozandadan iborat orkestr ishtirok etadi.

Konsertning xalqaro miqyosini yanada boyitish maqsadida Rossiya, Gruziya va Qozog‘istondan taklif etilgan 10 nafar xorijiy ijrochilarning chiqishlari ham dasturdan o‘rin olgan.

Tomoshabinlar e’tiboriga o‘zbek va jahon musiqa san’atining yorqin namunalari taqdim etiladi. Konsert dasturidan o‘zbek musiqa san’ati namoyandalari bilan bir qatorda jahon musiqa merosining buyuk kompozitorlari asarlari ham o‘rin olgan.