Orchestra & Choir
News

Orkestr va xor jamoalari ijodiy birlashmasi hamda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

October 7, 20263 views

Mazkur memorandum musiqa ta’limi va professional ijrochilik san’ati o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish hamda ijodiy tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida o‘quvchilar uchun mahorat darslari, ochiq mashg‘ulotlar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish, qo‘shma konsert dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, musiqa ta’limi va ijrochilik yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish nazarda tutilgan.

Ushbu hamkorlik yosh musiqachilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, milliy va jahon musiqa san’ati an’analarini keng targ‘ib etish hamda professional ijrochilik maktabi rivojiga xizmat qiladi.