Orkestr va xor sanʼatini rivojlantirish, yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash va xalqaro hamkorlik
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida ijodiy birlashmalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullandi. Farmonning II. “Sohada isteʼdodlarni yuzaga chiqarishning yangi tizimini joriy etish” boʻlimiga muvofiq, ijodiy birlashmalar tashkil etilishi belgilandi. 2026-yil 18-iyundan Orkestr va xor ijodiy birlashmasi oʻz faoliyatini toʻlaqonli boshladi.

Bizning missiyamiz
Birlashmamizning missiyasi — Oʻzbekistonda orkestr va xor sanʼatini tizimli rivojlantirish, yoshlar orasida akademik musiqaga qiziqishni oshirish, ijodkorlar va yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashdir. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali mamlakatimizning eng yaxshi orkestr va xor jamoalarini xalqaro maydonga olib chiqish hamda Oʻzbekiston musiqa sanʼatining jahon sahnasidagi nufuzini yuksaltirishga intilamiz.

Tashkiliy vazifalar
Orkestr va xor jamoalari faoliyatini tizimli rivojlantirish va muvofiqlashtirish
Respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov, festival va konsertlarni tashkil etish
Yosh isteʼdodlarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va professional rivojlantirish
Xorijiy musiqa tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik va ijodiy aloqalarni rivojlantirish
Musiqachilar uchun taʼlim, mahorat darslari va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish
Yetakchi orkestr va xor jamoalarining xalqaro loyihalar va nufuzli sahnalardagi ishtirokini kengaytirish
Rahbariyat
Xorijiy ekspertlar
Birlashma bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro mutaxassislar
