Orkestr va Xor

Loyihalar

Respublika va xalqaro madaniy loyihalar

Respublika loyihalari

Respublika miqyosida amalga oshiriladigan madaniy loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan “Open Air” gala-konserti

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan “Open Air” gala-konserti

Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan “Open Air” gala-konserti 11-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi oldida boʻlib oʻtdi. Tadbirda 120 dan ortiq xonandadan iborat xor, 100 dan ziyod sozandadan iborat orkestr hamda Rossiya, Gruziya va Qozogʻistondan taklif etilgan xorijiy ijrochilar ishtirok etdi.

2026-yil, 11-sentabrOʻzbekiston davlat konservatoriyasining favvoralar maydonida
“OʻTOV” jonli konsert dasturi

“OʻTOV” jonli konsert dasturi

“OʻTOV” — milliy qadriyatlar, yoshlik ruhi va jonli ijroni bir sahnada mujassam etgan konsert dasturi.

27-sentabr, 2026SAHNA Stand-Up Club sahnasida
Musiqa poyezdi

Musiqa poyezdi

Oʻzbekiston boʻylab ikki yoʻnalishda orkestr va xor konsertlari.

2027-yil, martToshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Nukus, Namangan, Andijon, Fargʻona
Mahalladan sahnaga

Mahalladan sahnaga

Ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand aholi farzandlari orasidan isteʼdodli yoshlarni aniqlash va sahnaga olib chiqish.

2026-yil, avgustRespublika hududlari
“Uzbekistan Orchestra Fest” forumi

“Uzbekistan Orchestra Fest” forumi

Orkestr va xor jamoalari uchun xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi forum.

2026-yil iyuldan boshlabAniqlanmoqda
Yil yakunlari boʻyicha taqdirlash marosimi

Yil yakunlari boʻyicha taqdirlash marosimi

Yilning eng yaxshi orkestr artisti, xor artisti va dirijyorini taqdirlash.

2027-yil, yanvarAniqlanmoqda
“Akademik sanʼat va sahna nafosati” albom-katalogi

“Akademik sanʼat va sahna nafosati” albom-katalogi

Birlashmaning yakuniy musiqiy albom-katalogi.

2027-yil, yanvarTaqdimot joyi aniqlanmoqda
AMIRSOY PARADISO

AMIRSOY PARADISO

Tyanshan tog‘larida yulduzli osmon ostida simfonik musiqa oqshomi.

15-avgust, 2026Amirsoy

Festival va koʻrik-tanlovlar

Birlashma oʻtkazadigan festivallar va koʻrik-tanlovlar — ariza topshirish shu yerdan

"Navroʻz sadolari" milliy cholgʻular koʻp ovozli ansambl va orkestrlarining XII Xalqaro musiqa festivali
Festival
Ariza yopiq

"Navroʻz sadolari" milliy cholgʻular koʻp ovozli ansambl va orkestrlarining XII Xalqaro musiqa festivali

Milliy cholgʻularda koʻp ovozli ijrochilikka bagʻishlangan xalqaro musiqa festivali boʻlib, unda 3 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan sozandalar — Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar ishtirokchilari — ansambl va orkestr tarkibida qatnashadi. Tashkilotchilar — Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining "Soʻgʻdiyona" orkestri va Yoshlar ishlari agentligi.

2026-yil 30–31-mart va 1-aprelOʻzbekiston davlat konservatoriyasi
Dilbar Abduraxmonova nomidagi Yosh dirijyorlar respublika tanlovi
Tanlov
Ariza ochiq

Dilbar Abduraxmonova nomidagi Yosh dirijyorlar respublika tanlovi

16 dan 35 yoshgacha boʻlgan yosh dirijyorlar uchun moʻljallangan konkurs boʻlib, uch nominatsiyada — simfonik orkestr, oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri va xor dirijyorligi boʻyicha — oʻtkaziladi. Tashkilotchilar — Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi, "Orkestr va xor jamoalari" ijodiy birlashmasi va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi. Gran-pri va laureatlar 2027-yil aprelida boʻlib oʻtadigan Muxtor Ashrafiy nomidagi xalqaro konkursda ishtirok etish huquqini avtomatik qoʻlga kiritadi.

22-27 noyabr, 2026-yilOʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent
Muxtor Ashrafiy nomidagi xalqaro tanlov
Tanlov
Tez kunda

Muxtor Ashrafiy nomidagi xalqaro tanlov

Buyuk oʻzbek bastakori va dirijyori sharafiga oʻtkaziladigan xalqaro musiqa tanlovi.

2027-yil, aprelToshkent
"Damli sozlar navosi" xalqaro festivali
Festival
Ariza yopiq

"Damli sozlar navosi" xalqaro festivali

Damli (nafasli) cholgʻu asboblari va duxovoy orkestrlariga bagʻishlangan festival.

2026-yil 5–9-mayToshkent