
Xalqaro darajada
"BBC Proms" franshizasi
Orkestr va xor ijodiy birlashmasi BBC Proms bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda birinchi BBC Proms mavsumini 2026-yil noyabrida, Toshkent konsert zallarida oʻtkazishni taklif etadi. Dastur jahon simfonik va xor musiqasi, Sultonali Rahmatov ijodiga bagʻishlangan konsert, Sharq musiqasi (oʻzbek makomi, ozarbayjon mugami va boshqa anʼanalar), ORKESTROCK loyihasi asosidagi simfonik-rok dasturi, oilaviy konsert va yakuniy gala-konsertni oʻz ichiga oladi. Loyihaga BBC orkestrlari aʼzolari, britaniyalik solistlar va dirijyorlar taklif etilishi koʻzda tutilgan.
