Orkestr va Xor
Yangilik

Orkestr va xor san’atini rivojlantirish yo‘lida yangi hamkorlik

28-oktyabr, 20262 koʻrildi
Orkestr va xor san’atini rivojlantirish yo‘lida yangi hamkorlik

O‘zbekistonda orkestr va xor jamoalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda professional ijrochilik san’atini rivojlantirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Shu doirada Orkestr va xor jamoalari ijodiy birlashmasi hamda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv davomida Birlashma raisi, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Urinbayev teatrning orkestr va xor artistlari bilan muloqot o‘tkazib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Hamkorlikning dastlabki amaliy natijasi sifatida teatr jamoasiga 40 ta nota pulti, 40 ta yoritish lampasi hamda torli cholg‘ular uchun Thomastik brendining 10 to‘plam torlari topshirildi.

Mazkur tashabbus ijodiy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, ijro sifatini oshirish va orkestr hamda xor san’atini rivojlantirishga xizmat qiladi.