Orkestr va Xor
Dilbar Abduraxmonova nomidagi Yosh dirijyorlar respublika tanlovi
TanlovAriza ochiqArizalar qabul qilinadi: 05.11.2026 23:59 gacha

Dilbar Abduraxmonova nomidagi Yosh dirijyorlar respublika tanlovi

Nizom

Ushbu Nizom Dilbar Abdurahmonova nomidagi Respublika yosh dirijyorlar tanlovni oʻtkazish tartibi, muddatlari va shartlarini, ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablarni hamda gʻoliblarni taqdirlash tartibini belgilaydi. Tanlov Orkestr va xor ijodiy jamoalar birlashmasi tashabbusida, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi koʻmagida oʻtkaziladi. Hamkor tashkilotlar: Oʻzbekiston davlat Filarmoniyasi “Soʻgʻdiyona” davlat xalq cholgʻulari orkestri, Oʻzbekiston Davlat Simfonik orkestri, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Musiqali teatr studiyasi.

Tanlov milliy, simfonik va akademik xor musiqasini targʻib qilish, yosh dirijyorlik isteʼdodlarini qoʻllab-quvvatlash, dirijyorlik maktabi anʼanalarini saqlash va musiqa taʼlimi sifatini oshirish maqsadini koʻzlaydi. Tanlov uch nominatsiyada — simfonik orkestr, oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri va akademik xor dirijyorligi boʻyicha — hamda uch bosqichda tashkil etiladi: I bosqich ikki royal joʻrligida ochiq tarzda, II bosqich jamoa bilan qisqa amaliy repetitsiya, III bosqich esa dastur bilan toʻliq konsert ijrosi shaklida oʻtkaziladi. 

Har bir bosqichda ishtirokchilar saralab boriladi. Keyingi bosqichlarda chiqish tartibi qurʼa tashlash orqali belgilanadi. Ishtirokchilarni taniqli dirijyorlar, bastakorlar, pedagoglar va soha mutaxassislaridan iborat hakamlar hayʼati baholaydi. I bosqichda talabgor tanlagan asarini royal joʻrligida ijro etadi. II bosqichda amaliy repetitsiya mahorati, dirijyorlik texnikasi, uslubiy aniqligi, badiiy yaxlitligi va artistizmi baholanadi. Tanlov yakunida Gran-pri, I–III darajali laureatlik oʻrinlari va diplomant sifatida taqdirlanadi. Gran-pri sohibi va laureatlar 2027-yil aprel oyida oʻtkaziladigan Muxtor Ashrafiy nomidagi xalqaro tanlovda toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.


Arizalar va ishtirokchilarni roʻyxatdan otʻkazish 2026-yil 20-oktabrgacha amalga oshiriladi. Arizalarni qabul qilish onlayn va oflayn formatlarda qabul qilinadi.

Tayyor hujjatlar

Muddatlar

  1. 1

    20-oktabrgacha, 2026-yil

    Arizalarni qabul qilish

    Hujjatlar va anketalarni topshirish muddati

  2. 2

    22–23-noyabr, 2026-yil

    I-bosqich

    Roʻyxatdan oʻtish va ikki royal joʻrligida dirijyorlik

  3. 3

    24–25-noyabr, 2026-yil

    II-bosqich

    Jamoalar bilan amaliy repetitsiya, har bir ishtirokchiga 20 daqiqa

  4. 4

    26-noyabr, 2026-yil

    III bosqich

    Konsert ijrosi; shuningdek mahorat darsi va davra suhbati

  5. 5

    27-noyabr, 2026-yil

    Taqdirlash marosimi va gala-konsert

    Konkurs natijalari eʼlon qilinadi va Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasida taqdirlash marosimi va gala-konsert oʻtqaziladi

5 qadam

Ishtirok etish

Ariza onlayn, bir necha qadamda topshiriladi.

Oldindan tayyorlab qoʻying

  • Surat (3×4 sm)
  • Badiiy fotosurat (yuqori sifatda)
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport yoki ID-karta)
  • 1-bosqichda ijro etiladigan asar va muallif haqida maʼlumot
Ariza topshirishNotalarni yuklab olishBogʻlanish: +998 99 041 55 56
Ariza topshirish