
"Navroʻz sadolari" milliy cholgʻular koʻp ovozli ansambl va orkestrlarining XII Xalqaro musiqa festivali
Nizom
Festival milliy cholgʻularda koʻp ovozli ijrochilikni rivojlantirish, yosh ijrochilarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda yosh ijodkorlarning ijodiy faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladi. Festival har yili bir yosh toifasida oʻtkaziladi: toq yillari 3–15 yosh, juft yillari 16–23 yoshgacha boʻlgan sozandalar ishtirok etadi. Dasturga tantanali ochilish, mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiya, ansambl va orkestrlar tanlovi, konsert dasturlari hamda yopilish/taqdirlash marosimi kiradi. Tanlov uch bosqichda — arizalar berish, hududiy saralash va final — oʻtkaziladi; ishtirokchilar belgilangan muddatda elektron ariza va tegishli hujjatlarni taqdim etishlari lozim. Ansambl tarkibi 7 kishidan, orkestr tarkibi 25 kishidan (rahbar bilan) oshmasligi kerak. Ishtirokchilarni 7 kishidan iborat Hakamlar hayʼati baholaydi; gʻoliblar bir qator nominatsiyalar boʻyicha Gran-pri, I–III oʻrin diplomlari va pul mukofotlari, shuningdek "Umid" va "Sanʼat yoʻlidagi fidoyiligi uchun" maxsus nominatsiyalari bilan taqdirlanadi.
Tayyor hujjatlar
Muddatlar
- 1
2026-yil 30-mart
Ochilish
Tantnali ochilish
- 2
2026-yil 31-mart
Davom
Festival davomi
- 3
2026-yil 1-aprel
Yakuniy gala-konsert
Yakuniy gala-konsert va taqdirlash marosimi
5 qadam
Ishtirok etish
Ariza onlayn, bir necha qadamda topshiriladi.
Oldindan tayyorlab qoʻying
- Davlat mukofotlari
- Surat (3×4 sm)
- Badiiy fotosurat (yuqori sifatda)
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport yoki ID-karta)
- Biografiya
- I turda ijro etiladigan asar va muallif haqida maʼlumot
Hakamlar hayʼati
- 🇺🇿
Abdurahimova Firuza Ravshanovna
Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori
Oʻzbekiston
- 🇺🇿
O Sok Shin
Koreys anʼanaviymusiqasini saqlash milliy jamiyatiPrezidenti, “Iksan” orkestri badiiy rahbariva bosh dirijyori
Koreya
- 🇺🇿
Akmaljanova Manzura Vasikjanovna
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori
Oʻzbekiston
- 🇺🇿
Nazarov Odiljon Fozilovich
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiprofessori
Oʻzbekiston
- 🇺🇿
Sahiyev Abduvahob Jabborovich
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti
Oʻzbekiston
